OzodNazar: Mirziyoyev vabo deb atagan sud tizimi boshlig’i ishdan olindi

Описание к видео OzodNazar: Mirziyoyev vabo deb atagan sud tizimi boshlig’i ishdan olindi

“Бизда энг катта вабо судларда!” Бу хитобни президент Мирзиёев 2017 йилнинг декабрида Олий Мажлис Сенати ва Қонунчилик палатасига мурожаати давомида Олий суд раиси Козим Комиловга танбеҳ бераётиб айтган эди.

Шу гапдан кейин ҳам Козим Комилов Олий судни яна 4,5 йил бошқарди ва 10 август куни “саломатлиги туфайли ўз хоҳиши билан” эгаллаб турган лавозимидан озод этилди.

Саломатлиги туфайли Олий суд раиси вазифаларини бажара олмай қолган Комилов ўша куннинг ўзидаёқ Конституциявий суд судьялигига сайланди. Чунки Конституциявий судда... қиладиган ишнинг ўзи йўқ. Бунга унинг ўз қарори далил бўла олади.

Мамлакат судлов ҳокимиятида амалга оширилган кадр алмашинувларини шарҳлаб беришни мустақил сиёсий партия тузишга уриниб келаётган норасмий сиёсатчи, профессор Хидирназар Аллақуловдан илтимос қилдик.

Суҳбатдошимиз ва унинг маслакдошлари яқинда БМТга шикоят аризаси билан мурожаат қилган. Суҳбат шу воқеа тафсилотлари билан бошланади. Суҳбатни Сарвар Усмон ўтказди.

🔴 https://t.me/ozodlikkanali kanaliga obuna bo'ling!

🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews

“Bizda eng katta vabo sudlarda!” Bu xitobni prezident Mirziyoev 2017 yilning dekabrida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga murojaati davomida Oliy sud raisi Kozim Komilovga tanbeh berayotib aytgan edi.

Shu gapdan keyin ham Kozim Komilov Oliy sudni yana 4,5 yil boshqardi va 10 avgust kuni “salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan” egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Salomatligi tufayli Oliy sud raisi vazifalarini bajara olmay qolgan Komilov o‘sha kunning o‘zidayoq Konstitutsiyaviy sud sudьyaligiga saylandi. Chunki Konstitutsiyaviy sudda... qiladigan ishning o‘zi yo‘q. Bunga uning o‘z qarori dalil bo‘la oladi.

Mamlakat sudlov hokimiyatida amalga oshirilgan kadr almashinuvlarini sharhlab berishni mustaqil siyosiy partiya tuzishga urinib kelayotgan norasmiy siyosatchi, professor Xidirnazar Allaqulovdan iltimos qildik.

Suhbatdoshimiz va uning maslakdoshlari yaqinda BMTga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan. Suhbat shu voqea tafsilotlari bilan boshlanadi. Suhbatni Sarvar Usmon o‘tkazdi.

Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor |

#ozodlik #ozodnazar #sarvarusmon

Комментарии

Информация по комментариям в разработке