FARZANDINI AL-XORAZMIY IT MAKTABDA O‘QITISHNI ISTAGAN OTA-ONALAR BUNI ALBATTA KO‘RISHLARI KERAK!

Описание к видео FARZANDINI AL-XORAZMIY IT MAKTABDA O‘QITISHNI ISTAGAN OTA-ONALAR BUNI ALBATTA KO‘RISHLARI KERAK!

Ta’lim muassasalari tomon bugungi sayohatimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PQ-3274-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tomon bo‘ladi. Agar siz ham farzandingizni zamonaviy sohalarni yoshlikdan o‘rganib, bugungi kundagi eng serdaromad kasbning yetuk mutaxassisi bo‘lishini istasangiz, ko‘rsatuvni diqqat bilan tomosha qiling!Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad – ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, o‘rganish va tadqiq etish, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarga aniq fanlarning yuksak cho‘qqilarini zabt etish, boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorini aniqlash va ulardagi qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar bazasini yaratishdan iboratdir.
Maktabda o‘quvchilar nafaqat yaxshi ta’lim olishlari, balki do‘stlari bilan turli xil seminar treninglarda qatnashib, AKT olamining mashhur brendlari joylashgan bog‘da vaqtlarini maroq bilan o‘tkazishlari ham mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifasi – yoshlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga keng jalb qilgan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarini chuqur o‘zlashtirishlarida, shuningdek, dasturlash, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo’lishlarida axborot va media hamda intellektual madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirishdan iborat.
Shuningdek, mazkur sohada yuqori mahoratga ega pedagoglarni hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining maxsus maktabini yaratish, yosh matematiklar, fiziklar, dasturchilar, ixtirochilar va chet tili bilimdonlaridan iborat o‘quvchilar jamoasini tuzish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam va samarali ishtirokini ta’minlashni tashkil etish maktabning asosiy vazifalaridandir.
Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabiga o‘quvchilar O‘zbekiston Republikasi Prezidenti, Ijod va Ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish Agentligi tomonidan belgilangan kvota asosida 5-sinfdan boshlab yozma va og‘zaki sinov imtihonlariga ko‘ra tanlov asosida qabul qilinadi.
E’zoza Turg‘unova tayyorladi


Xabar.uz 2023
Telegram: https://t.me/xabaruzofficial
Twitter:   / xabaruzofficial  
Facebook:   / xabar.uz  
Instagram:   / xabar.uz  

Комментарии

Информация по комментариям в разработке