AQSh O'zbekiston fuqarolari uchun qanchalik ochiq?

Описание к видео AQSh O'zbekiston fuqarolari uchun qanchalik ochiq?

O'zbekistondan AQShga viza olish yoki olmasligingizni bu davlatning Toshkentdagi Bosh konsuli Robert Romanovski hal qiladi. Konsullik elchixonaning bir qismi, ammo uning faoliyatiga hech kim aralasha olmaydi, hatto elchi ham. Bosh konsul bilan idorasida suhbatlashar ekanmiz, respublika aholisiga nisbatan yondashuvdan tortib talabalarning Amerikaga sayohat va ish uchun borishigacha muhokama qildik. Grin-karta lotereyasi yutganlarning qanchasi AQShga immigratsiya qiladi? Meksika orqali Amerikaga kirishga urinayotganlarga konsullik qanday qaraydi? Viza so'raydigan tadbirkorlar, sportchilar, yoshlar va har qanday shaxs nimaga tayyor turishi kerak? AQShga yo'l ochuvchi stiker olishning siri nimada? Tomosha qiling.

Комментарии

Информация по комментариям в разработке