“Hammasi tuhmat”- Rossiyada terroristlarga yordam berganlikda ayblanayotgan muhojir

Описание к видео “Hammasi tuhmat”- Rossiyada terroristlarga yordam berganlikda ayblanayotgan muhojir

Қирғизистонлик ўзбек Илҳом Мирзамаҳмудов Россияда терроризмни оқлаш ва террорчи ташкилот фаолиятига ёрдам берганликда айбланмоқда. Аммо у ва унинг яқинлари айбловлар асоссиз ва туҳмат эканлигини айтади. Муҳожирнинг оила аъзолари айтишича, Илҳом қийноқлар натижасида айбловларни бўйнига олган. Терговда унинг Россияда ишлаган синфдоши ва қўшнилари Илҳомга қарши кўрсатма беришган. “Мигрант Медиа” лойиҳамиз гувоҳларнинг бири билан суҳбатлашди. Унга кўра, полициячилар уларни мажбурлаб, ҳеч нарса ёзилмаган қоғозларга қўл қўйдиришган ва улар ўз ватандошига қарши гувоҳлик бераётганларини ҳам билишмаган.

Видеони “Озодлик”нинг “Мигрант Медиа” лойиҳаси тайёрлади.

📌 ЧЕТ ЭЛДАГИ ВАТАНДОШ!

Ҳурматли муҳожир, муаммо ёки ютуқларингиз билан бизнинг ижтимоий тармоқлардаги аккаунтларимизда бўлишишни истасангиз @migrantmedia_rferl Телеграм каналига ёзинг.

🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews

Qirg‘izistonlik o‘zbek Ilhom Mirzamahmudov Rossiyada terrorizmni oqlash va terrorchi tashkilot faoliyatiga yordam berganlikda ayblanmoqda. Ammo u va uning yaqinlari ayblovlar asossiz va tuhmat ekanligini aytadi. Muhojirning oila a’zolari aytishicha, Ilhom qiynoqlar natijasida ayblovlarni bo‘yniga olgan. Tergovda uning Rossiyada ishlagan sinfdoshi va qo‘shnilari Ilhomga qarshi ko‘rsatma berishgan. “Migrant Media” loyihamiz guvohlarning biri bilan suhbatlashdi. Unga ko‘ra, politsiyachilar ularni majburlab, hech narsa yozilmagan qog‘ozlarga qo‘l qo‘ydirishgan va ular o‘z vatandoshiga qarshi guvohlik berayotganlarini ham bilishmagan.

Videoni “Ozodlik”ning “Migrant Media” loyihasi tayyorladi.

📌 ChЕT ELDAGI VATANDOSH!

Hurmatli muhojir, muammo yoki yutuqlaringiz bilan bizning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarimizda bo‘lishishni istasangiz @migrantmedia_rferl Telegram kanaliga yozing.

#ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #moskva #rossiya #krokus #hujum #migrant #MigrantMediaCentralAsia

Комментарии

Информация по комментариям в разработке