DXX ni tanqid qilgan bloger Qozog‘istonda hibsga olindi

Описание к видео DXX ni tanqid qilgan bloger Qozog‘istonda hibsga olindi

Ютуб, Инстаграм ва Телеграмдаги Аччиқ ТВ канали асосчиси ва раҳбари 25 яшар блогер Камолиддин Ҳалимжонов 2 май куни Қозоғистоннинг Чимкент вилояти ички ишлар ходимлари томонидан қамоққа олинган.
Бу ҳақда яқинларига хабар беришга улгурган Камолиддиннинг айтишича, у Ўзбекистон томони сўровига биноан ҳибсга олинган ва айни пайтда Чимкентдаги ички ишлар бошқармасида сақланмоқда. Камолиддин Ҳалимжонов Ўзбекистонга бериб юборилиши ҳақида огоҳлантирилган.
Ўзбекистонлик аксарият блогерлар бугун маиший мавзулардан четга чиқа олмаётган бир пайтда, Аччиқ ТВ инсон ҳуқуқларининг поймол этилаётгани, халқнинг иқтисодий аҳволи оғирлашаётгани, газ ва электр энергиясининг қимматлагани ва бошқа долзарб мавзуларни мунтазам ёритиб келган.

🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews

Youtube, Instagram va Telegramdagi Achchiq TV kanali asoschisi va rahbari 25 yashar bloger Kamoliddin Halimjonov 2 may kuni Qozog‘istonning Chimkent viloyati ichki ishlar xodimlari tomonidan qamoqqa olingan.
Bu haqda yaqinlariga xabar berishga ulgurgan Kamoliddinning aytishicha, u O‘zbekiston tomoni so‘roviga binoan hibsga olingan va ayni paytda Chimkentdagi ichki ishlar boshqarmasida saqlanmoqda. Kamoliddin Halimjonov O‘zbekistonga berib yuborilishi haqida ogohlantirilgan.
O‘zbekistonlik aksariyat blogerlar bugun maishiy mavzulardan chetga chiqa olmayotgan bir paytda, Achchiq TV inson huquqlarining poymol etilayotgani, xalqning iqtisodiy ahvoli og‘irlashayotgani, gaz va elektr energiyasining qimmatlagani va boshqa dolzarb mavzularni muntazam yoritib kelgan.

#ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #tarmoq #bloger #shavkatmirziyoyev #saidamirziyoyeva #dxx #uzbek

Комментарии

Информация по комментариям в разработке