SALOHIDDIN AZIZBOYEV || QOSHLARINGIZ QAROLIGI

Описание к видео SALOHIDDIN AZIZBOYEV || QOSHLARINGIZ QAROLIGI

#yoshlartelekanali #yoshlar

Ustoz ijodkorlar Salohiddin Azizboyev va Bobur Bobomurod "Qo'shnilar" loyihasida ishtirok etishdi.
Salohiddin Azizboyevdan muxlislar "Qoshlaringiz qaroligi" qo'shig'ini tinmay so'rashdi.

Marhamat, tinglang va zavq oling!

Matn:
Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu?
Yuzlaringiz sahroligi alamdanmu?
Ayting, asli siz ham bani odamdanmu?
Yo parimu yo farishta yoki g`ilmon?

Ayting, asli siz ham bani odamdanmu?
Yo parimu yo farishta yoki g`ilmon?

Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu, qalamdan?
Yuzlaringiz safroligi alamdanmu, alamdan?
Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu, qalamdan?
Ayting, asli siz ham bani odamdanmu, odamdan?

Ko`zingizga bir boqay deb oylab kutdim,
Navoiydan baytlar qo`shib, xatlar bitdim.
Tohirdayin sog`inchlardan fig`on etdim,
Siz Barchinmi yo Kumushmi yo Zuhraxon?

Tohirdayin sog`inchlardan fig`on etdim,
Siz Barchinmi yo Kumushmi yo Zuhraxon?

Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu, qalamdan?
Yuzlaringiz safroligi alamdanmu, alamdan?
Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu, qalamdan?
Ayting, asli siz ham bani odamdanmu, odamdan?

Qirq kokilmu yoki menga qirqta dormu?
Dilingizda zarrachalik shafqat bormu?
Yoki ro`zi maxshargacha menga yormu
Faqat sog`inch yoki qayg`u yoki armon?

Kelmasangiz qaro bo`lgay manga ochun,
Sahrolarga ketaymu yo misli Majnun?
Hofizdayin baxsh etaymu ko`rmoq uchun
Yo Samarqand yo Buxoro yo Andijon?

Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu, qalamdan?
Yuzlaringiz safroligi alamdanmu, alamdan?
Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu, qalamdan?
Ayting, asli siz ham bani odamdanmu, odamdan? (x2)

@Yoshlartelekanali

Комментарии

Информация по комментариям в разработке