Pokiston talabalarini Qirg‘izistondan olib ketmoqda

Описание к видео Pokiston talabalarini Qirg‘izistondan olib ketmoqda

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 18 майга ўтар кечаси Бишкекда хорижлик талабаларга қарши уюштирилган ҳужумдан уч кун ўтиб, расмий баёнот билан чиқди. У вазиятни кескинлаштиришдан манфаатдор бўлган “бошқа кучлар” гўёки бундан фойдаланиб қолганини таъкидлади.
Жапаров Қирғизистоннинг Исломободдаги элчихонаси олдида Бишкекда покистонлик талабаларга қилинган ҳужумга қарши намойишлар бўлиб ўтганидан кейин чиқиш қилди.
Бишкек шаҳар полицияси мазкур ҳолат юзасидан тергов олиб бормоқда.
Қирғизистон Таълим ва фан вазирлиги 20 майдан бошлаб хорижлик талабаларни онлайн таълимга ўтказди.
Қирғизистонда таҳсил олаётган покистонлик талабаларни ватанига қайтариш учун чартер рейслар ташкил этилди. Покистон ҳукумати Қирғизистонда ўқиётган яна 540 нафар талабани ватанига олиб чиқиб кетадиган бўлди.
Қирғизистон Миллий статистика қўмитасининг 2022/23 ўқув йилига берган маълумотларига кўра, Қирғизистонда олий ўқув юртларида ўқиётган хорижлик талабаларнинг тенг ярмини ўзбекистонликлар ташкил этади: уларнинг сони 40 мингдан ортиқ.

🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18-mayga o‘tar kechasi Bishkekda xorijlik talabalarga qarshi uyushtirilgan hujumdan uch kun o‘tib, rasmiy bayonot bilan chiqdi. U vaziyatni keskinlashtirishdan manfaatdor bo‘lgan “boshqa kuchlar” go‘yoki bundan foydalanib qolganini ta’kidladi.
Japarov Qirg‘izistonning Islomoboddagi elchixonasi oldida Bishkekda pokistonlik talabalarga qilingan hujumga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tganidan keyin chiqish qildi.
Bishkek shahar politsiyasi mazkur holat yuzasidan tergov olib bormoqda.
Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligi 20-maydan boshlab xorijlik talabalarni onlayn ta’limga o‘tkazdi.
Qirg‘izistonda tahsil olayotgan pokistonlik talabalarni vataniga qaytarish uchun charter reyslar tashkil etildi. Pokiston hukumati Qirg‘izistonda o‘qiyotgan yana 540 nafar talabani vataniga olib chiqib ketadigan bo‘ldi.
Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasining 2022/23 o‘quv yiliga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan xorijlik talabalarning teng yarmini o‘zbekistonliklar tashkil etadi: ularning soni 40 mingdan ortiq.

#ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #kyrgyzstan #bishkek

Комментарии

Информация по комментариям в разработке