Nuriddin Hamroqulov kuylaydi / Нуриддин Ҳамроқулов куйлайди

Описание к видео Nuriddin Hamroqulov kuylaydi / Нуриддин Ҳамроқулов куйлайди

Nuriddin Hamroqulov kuylaydi / Нуриддин Ҳамроқулов куйлайди

Nuriddin Hamroqulov (1946.18.6, Andijon) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1987). Jarangdor, lirik ovoz sohibi. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida taʼlim olgan (1971—73). Ijodiy faoliyatini Andijon teatridan boshlab (1967 — 73), Haydar ("Nurxon"), Ravshan ("Ravshan va Zulxumor") kabi obrazlarni yaratgan. Anʼanaviy va zamonaviy xonandalik yoʻllarini Oʻ.Nuraliyev, Tursunboy Qodirovlardan oʻrgangan. Andijon viloyati filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1983—93). Keyinchalik, asosan, konsert ijrochiligi bilan shu-gʻullangan. Repertuaridagi mumtoz ("Samarqand Ushshogʻi", "Toshkent Irogʻi"), zamonaviy bastakorlar ashulalari ("Talqinroz", "Oq qush", R.Yusupov va boshqalar) hamda oʻzi bastalagan ("Olamni saqlang", "Raʼno", "Soy koʻrdim", "Shirinliging", "Kuldi bahorim" kabi) qoʻshiqlari taʼsirchan va yoqimli. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fo-notekasi, gramplastinka (1968, 1971, 1972) va kompakt disklarga yozilgan

Комментарии

Информация по комментариям в разработке